Eronga berilgan iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinmoqda

Shell, Total va Lukoil kabi dunyoning ulkan neft shirkatlari Eronda neft va tabiiy gaz qidirish, qazish va ishlab chiqarish faoliyatlarida faol ro’l o’ynash uchun bir-biri bilan raqobatlashmoqda.

395914
Eronga berilgan iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinmoqda

Dunyoning 4-neft zahirasiga ega bo’lgan Eronga qaratilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarning yanvar oyidan e’tiboran bekor qilinishi ulkan firmalarni xizmatga chorladi.
Shell, Total va Lukoil kabi dunyoning ulkan neft shirkatlari Eronda neft va tabiiy gaz qidirish, qazish va ishlab chiqarish faoliyatlarida faol ro’l o’ynash uchun bir-biri bilan raqobatlashmoqda.
Eron Neft vaziri Bijen Zengene Total shirkatining Eronga investitsiya kiritish istagini tilga oldi.
Shell shirkati rahbarlari ikki kun mobaynida poytaxt Texronda bir qator uchrashuvlarni amalga oshirdi, buning tafsilotlari haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.
Total esa, shartnomalar to’g’ri kelsa va sanksiyalar bekor qilinsa Eronga investitsiya kiritishini tilga oldi.
Lukoil shirkati Eron rasmiylari bilan o’tkazgan muzokaralarni ijobiy deb baholadi.
Eron rasmiylari jami qiymati 30 milliard dollarni tashkil qilgan energiya loyihalari ustida bosh qotirmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar