Rossiya iqtisodiy qiyinchilik panjasida...

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev kelgusi yil iqtisodiyot yana ham salbiy tus olsa krizis rejasi tuzilishini bildirdi.

415367
Rossiya iqtisodiy qiyinchilik panjasida...

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev kelgusi yil iqtisodiyot yana ham salbiy tus olsa krizis rejasi tuzilishini bildirdi.
Rossiyskaya gazetaning bergan xabariga ko’ra, Medvedev mavjud iqtisodiy vaziyat davom etgan taqdirda, kelgusi yilga doir favqulodda strukturaviy o’zgarish rejalashtirilmaganini bildirdi.
Medvedev neft bahosidagi pasayish va sanksiyalar tufayli byudjet bo’yicha qiyinchiliklarga e’tibor qaratib, “Rossiya iqtisodiyotidan mas’ul inson sifatida ehtimoliy holatlarga qarshi har tomonlama chora ko’rishimiz zarur. Agar 2016 yili iqtisodiy ahvolimiz yomonlashib boradigan bo’lsa, krizisga doir reja tuzishimiz kerak bo’ladi”-dedi.
Bu yilgi iqtisodiy rejalar muvaffaqiyat bilan amalga oshirilganini tilga olgan Medvedev, bu borada hukumatning tanqid qilinishi oddiy hol ekanini, lekin mavjud shartlarda yana ham mukammal reja tuzish qiyinligini ma’lum qildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar