Yunoniston bilan evro hududi rahbarlari shartnoma tuzdi

Yunoniston soliqlarni oshirish, davlat harajatlarini kamaytirish va pensiya bilan xususiylashtirish sistemasini qayta tuzishga rozi bo'ldi.

379890
Yunoniston bilan evro hududi rahbarlari shartnoma tuzdi

Evro hududi rahbarlari 17 soat davom etgan oliy yig’ilishdan so’ng, Yunonistonni moliyaviy inqirozdan qutqarish bo’yicha kelishib oldi.
Bunga doir shartnoma bir ovozdan qabul qilindi.
Yunonistonning 86 milliard evrolik qutqaruv dasturi evaziga ilk bosqichda jiddiy qonuniy islohotlarni amalga oshirishi nazarda tutilmoqda.
Bu doirada Yunoniston soliqlarni oshirishni, davlat harajatlarini kamaytirishni va pensiya bilan xususiylashtirish sistemasini qayta tuzishni qabul qildi.
Qolaversa, shartnomaga ko’ra, davlat mulklarini 50 milliard evrolik xususiylashtirish fondiga o’tkazish masalasi ham ilgari surildi.
Mazkur fondning nazorati butunlay Yevropa Ittifoqining qo’lida bo’ladi.
Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras 6 oy mobaynida moliyaviy tanglikka qarshi kurash olib borganini va ohiri moliyaviy yordam olishga muvaffaq bo’lganini bildirdi.
Muhim qarorlar olishga majbur bo’lganiga diqqat qaratgan Chipras shartnomadan kelib chiqqan yuk ijtimoiy adolat asosida barchaga teng taqsimlanishini bildirdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar