Jahon banki Iroqqa 350 million dollar mablag’ o’tkazmoqchi...

Bu mablag’ shifoxonalar, suv tarmoqlari va transport yo’llarini yangilashga sarf qilinadi.

379559
Jahon banki Iroqqa 350 million dollar mablag’ o’tkazmoqchi...

Jahon banki nazorat ostidagi mintaqalarni qayta tiklash uchun Iroqqa yordam qatorida 350 million dollar mablag’ o’tkazmoqchi.
Jahon banki urushda vayron bo’lgan davlat poydevorini qayta tiklash va mustahkamlashtirishga yordam berishini ma’lum qildi.
Bu mablag’ shifoxonalar, suv tarmoqlari va transport yo’llarini yangilashga sarf qilinadi.
350 million dollarlik moddiy yordam bilan 5 yil ichida Selahaddin va Diyalada 7 hududning qayta tiklanishi rejalanmoqda.
Iroq hukumati neft bahosining arzonlashi va terror tashkiloti DAIShga qarshi kurash tufayli, 2015 yil davlat byudjetida 20% kamomad kutilganini ma’lum qilgan edi.
Aslida, Iroqdagi iqtisodiy tanglik va xavfsizlik kamchiligining eng katta sababi qonunbuzarlikdan kelib chiqqani aytilmoqda.
Iroq o’tgan yilgi jahon qonunbuzarlik ro’yxatida 5-o’rindan joy oldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar