Rossiya va Yunoniston shartnoma imzoladi

Turk oqimi loyihasi bo’yicha imzolangan shartnoma Rossiyaning tabiiy gazini Turkiya va Yunoniston orqali Yevropaga yetkazishini ta'minlaydi.

310675
Rossiya va Yunoniston shartnoma imzoladi

Rossiya va Yunoniston Turk oqimi loyihasi bo’yicha hukumatlararo shartnomaga imzo qo’ydi.
Mazkur shartnoma asosida ikki davlat Yunoniston territoriyasidan o’tadigan quvur tarmoqning qurilishini birgalikda amalga oshiradi.
Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novak mazkur loyihaning Yunoniston territoriyasidagi qismiga rus shirkatlari va banklari homiylik qilmoqchi ekanini, loyiha bilan bog’liq faoliyatlar davom etganini ma’lum qilgan edi.
Ukraina bilan kelisha olmagan Rossiya Turk oqimi loyihasi vositasida tabiiy gazini Turkiya va Yunoniston orqali Yevropaga jo’natadi.
63 milliard kuba metr hajmiga ega bo’lgan loyihada, bu miqdorning 47 milliard kuba metrlik qismi Yevropaga yetkazilar ekan, qolgan 16 milliard kuba metrlik qismi Turkiyaning ichki bozorida iste’mol qilinishi nazarda tutilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar