Rossiya Turk oqimi loyihasi uchun Turkiyadan javob kutmoqda

Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novakning aytishicha, Turkiya ruxsat bergan taqdirda, quvur tarmoqning inshoati bu oy yakunida yoki kelgusi oyda boshlanishi mumkin.

309354
Rossiya Turk oqimi loyihasi uchun Turkiyadan javob kutmoqda

Rossiya rus tabiiy gazini Qoradengizdan Yunoniston chegarasiga yetkazadigan Turk oqimi loyihasi uchun Turkiyadan javob kutmoqda.
Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novakning aytishicha, Turkiya ruxsat bergan taqdirda, quvur tarmoqning inshoati bu oy yakunida yoki kelgusi oyda boshlanishi mumkin.
Aleksandr Novak ITAR TASS xabar agentligiga bergan bayonotiga ko’ra, Rossiya bilan Turkiya o’rtasida amalga oshiriladigan Turk oqimi loyihasi uchun iyun oyida shartnoma imzolanishi mumkin.
Loyihani hayotga tadbiq etish uchun hozirgacha tayyorgarlik bosqichidan nariga o’tilmaganiga e’tibor qaratgan Novak, “Rossiya poydevorni qurishga homiylik qilishga tayyor”-dedi.
Novak, “Turkiya o’ziga xos iqtisodiy hududidan o’tadigan quvur tarmoqning inshoatiga hissa qo’shishi mumkin”-dedi.
Gazprom shirkati ham quvur tarmoqni qurish faoliyatlari iyunda boshlanishi mumkinligini bildirdi.
Rossiya Turk oqimi loyihasi bilan Ukraina yo’nalishini rejadan chiqarishni maqsad qilmoqda.
Rossiya tomonidan bekor qilingan Janubiy oqim loyihasining aksiga, Turk oqimi quvur tarmog’ining Yunoniston chegarasigacha qurilishini, qolgan bo’limni esa, har bir davlatning o’zi qurishini nazarda tutmoqda.
Kelgusi yil ushbu quvur tarmoqdan tabiiy gaz yetkazilishining boshlanishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar