Antaliyaga 4 millionga yaqin sayyoh keldi

Joriy yilning birinchi 5 oyida Antaliyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 16,26 foizga oshdi.

2148712
Antaliyaga 4 millionga yaqin sayyoh keldi

Antaliya yilning birinchi 5 oyida 4 millionga yaqin mahalliy va chet ellik sayyohga quchoq ochish orqali rekord o‘rnatdi.

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, yilning birinchi 5 oyida Antaliyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 16,26 foizga oshdi.

Turizmda barcha davrlarning eng yaxshi boshlang‘ichi borasidagi rekordni yangilagan Antaliya, nomi tilga olingan vaqt mobaynida 3 million 959 ming 267 nafar sayyohga quchoq ochdi.

Antaliyaga eng ko‘p sayyoh yuborgan davlatlar orasida Germaniya bu yil ham birinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Antaliyaga eng ko‘p sayyoh Germaniyadan (974 ming 272 kishi) kelar ekan keyingi navbatda Rossiya (857 ming 862 kishi) bilan Britaniya (451 ming 341 kishi) ekani kuzatildi.

Bu ro‘yhat davomida Polsha, Niderlandiya, Qozog‘iston, Ukraina, Litva, Belgiya va Fransiya o‘rin oldi.

Dengizi, qumi, quyoshi, tarixiy va tabiiy go‘zalliklari, madaniy tuzilmalari va qadimiy shaharlari bilan mahalliy va chet ellik sayyohlarning diqqat markazida bo‘lgan Antaliya may oyida tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha rekord qayd etdi.

Yana shu oyda Antaliyaga kelgan sayyohlar soni o‘tgan yilning xuddi shu oyiga nisbatan 18,72 foizga ortib, 1 million 892 ming 302 nafarga yetdi.

Rossiya may oyida shaharga eng koʻp sayyoh yuborgan davlatlar orasida birinchi oʻrinni egalladi. Germaniyadan o‘zib ketgan Rossiya Antaliyaga 491 ming 78 sayyoh yubordi.

Germaniya 434 ming 609 sayyoh bilan ikkinchi, Britaniya esa 185 ming 221 nafar sayyoh bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Polsha, Gollandiya, Qozog‘iston, Ukraina, Litva, Ruminiya va Belarus esa o‘tgan oyda Britaniya ortidan Antaliyaga eng ko‘p sayyoh yuborgan davlatlar qatoriga kiritildi.

 

 



Aloqador xabarlar