Turkiyaning qadoqlangan ayron mahsulotiga talab ortmoqda

Turkiyada so’ngi 5 yil ichida qadoqlangan ayron mahsulotini chet davlatlarga eksport qilishdan tushgan mablag’ 11 million 853 ming 724 dollarni tashkil qildi.

303582
Turkiyaning qadoqlangan ayron mahsulotiga talab ortmoqda

Turkiya qadoqlangan ayron mahsulotini eksport qilish bo’yicha rekord qo’ydi.
Hisobotga ko’ra, ayron eksportidan tushgan mablag’ 12 million dollarni tashkil qildi.
Turkiyada ayron mahsulotini ishlab chiqarish hajmi joriy yilning dastlabki 4 oyi mobaynida o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan katta ortish ko’rsatdi.
Tashqi tijorat hisobotiga ko’ra, o’tgan yili yanvardan aprel oyigacha 189 ming 129 tonna ayron mahsuloti ishlab chiqarilgan, joriy yilning ayni mavsumida esa, ayron mahsulotini ishlab chiqarish hajmi 191 ming 299 tonnani tashkil qilgan.
So’ngi 5 yil ichida qadoqlangan ayron mahsulotini chet davlatlarga eksport qilishdan tushgan mablag’ 11 million 853 ming 724 dollarni tashkil qildi.
Turkiya ohirgi 5 yil ichida jami 16 davlatga ayron eksport qildi.
Turkiyada ishlab chiqarilgan tabiiy va lazzatli ayron mahsulotlari asosan Amerika, Eron, Iroq, Quvayt, Singapur kabi turli davlatlarda rag’bat ko’rmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar