Turk oqimi loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda

Gazprom shirkati boshqaruv kengashi rahbar o’rinbosari Aleksandr Medvedevning aytishicha, Turk oqimi loyihasining hayotga tadbiq etilishi uchun iyun oyi yakuniga tomon hukumatlararo shartnoma imzolanadi.

298589
Turk oqimi loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda

Rossiya tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropa bozoriga yetkazadigan Turk oqimi loyihasi uchun faoliyatlar boshlandi.
Gazprom shirkati boshqaruv kengashi rahbar o’rinbosari Aleksandr Medvedevning aytishicha, Turk oqimi loyihasining hayotga tadbiq etilishi uchun iyun oyi yakuniga tomon hukumatlararo shartnoma imzolanadi.
Medvedev ushbu loyiha Turkiyadagi parlament saylovlaridan ta’sirlanmasligini bildirdi.
Turk oqimi loyihasiga ilk bosqichda 3 milliard 300 million evro mablag’ sarf qilishini bildirgan Medvedev, “Bu mablag’ aniq raqam emas. Bolgariyaga tabiiy gaz yetkazilishi rejalangan, lekin keyinchalik bekor qilingan Janubiy Oqim loyihasining qiymatiga bog’liq hisoblangan miqdor”-dedi.
Turkiya o’tgan yili Rossiyadan 27.3 milliard kuba metr tabiiy gaz import qilar ekan, buning katta qismini BOTASh olmoqda.
Rossiya tabiiy gazini Yevropaga yetkazadigan Janubiy Oqim loyihasining bekor qilinishi ortidan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Rossiya tabiiy gazini Yevropaga Turkiya orqali yetkazadigan bir quvur tarmoq qurilishini o’tgan dekabr oyida e’lon qilgan edi.
Turk oqimi loyihasining 63 milliard kuba metr hajmda bo’lishi ma’lum qilingan edi.
Bu miqdorning 47 milliard kuba metrlik qismi Yevropaga yetkazilar ekan, qolgan 16 milliard kuba metri Turkiyaning ichki bozorida foydalanilishi nazarda tutilmoqda.




Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar