Turkiya bilan Iroq o'rtasida neft eksporti...

Joriy yilning may oyida Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruv nazoratidagi quvur tarmoqdan Jeyhan portiga 17 million 906 ming 242 barril neft eksport qilindi.

292230
Turkiya bilan Iroq o'rtasida neft eksporti...


Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruv qoshidagi Tabiiy manbalar vazirligining rasmiy internet saytida esa, Turkiyaga may oyi mobaynida kunda 577 ming 621 barril neft eksport qilingani ma’lum qilindi.
Vazirlik bayonotida, “Turkiya orqali jahon bozoriga jo’natilgan va Iroq Milliy neft shirkatiga (SOMO) topshirilgan kundalik 577 ming 621 barril neftning 407 ming 111 barrili kurd mintaqasiga, qolgan qismi esa, Kerkukka tegishli. Kurd hukumati 2014 yilning 2 dekabr kuni Erbil-Bog’dod o’rtasida imzolangan shartnomaga amal qilgan va bergan va’dasini bajargan”-deyilgan.
Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruv nazoratidagi quvur tarmoqdan Turkiyaning Jeyhan portiga amalga oshirilgan neft eksporti aprel oyida kunda 563 ming, jami 16 million 890 ming barril sifatida amalga oshirilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar