Turkiya qulupnoy yetishtirish bo’yicha dunyoda 3-o’rinda turadi

Turkiya Qishloq-xo’jaligi uyushmasi rahbari Shemsi Bayraktarning aytishicha, ohirgi 10 yil ichida mamlakatda qulupnoy yetishtirish hajmi 155 ming tonnadan 376 ming tonnaga ko’tarilgan.

250979
Turkiya qulupnoy yetishtirish bo’yicha dunyoda 3-o’rinda turadi

Turkiya qulupnoy yetishtirish bo’yicha dunyoda 3-o’rinda turadi.
Turkiya Qishloq-xo’jaligi uyushmasi rahbari Shemsi Bayraktarning aytishicha, Turkiya qulupnoy yetishtirish bo’yicha Amerika va Meksikadan keyin 3-o’rinda turadi.
Uning aytishicha, ohirgi 10 yil ichida mamlakatda qulupnoy yetishtirish hajmi 155 ming tonnadan 376 ming tonnaga ko’tarilgan.
Turkiya 2014 yili 17 million dollarlik, ya’ni 14 ming 286 tonna qulupnoy eksport qilganini bildirgan Bayraktar, mahsulot eksporti bo’yicha Rossiya 13 million dollar bilan dastlabki o’rindan joy olar ekan, Iroq bilan Ruminiya Rossiyadan keyin turishini tilga oldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar