Turkiya bilan Afrika o'rtasidagi tijorat hajmi 40% ortdi

Turkiya Statistika tashkiloti ma’lum qilishicha, Afrika davlatlari bilan Turkiya o’rtasidagi tashqi tijorat hajmi 2009-2014 yillar mobaynida 40% ortib, 14 milliard dollardan 19.7 milliard dollarga ko’paydi.

288285
Turkiya bilan Afrika o'rtasidagi tijorat hajmi 40% ortdi

Afrika bilan Turkiya o’rtasidagi tijorat hajmida ortish kuzatildi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an boshchiligida yo’lga qo’yilgan Afrika tashabbusi o’z natijasini bera boshladi.
Mazkur tashabbus asosida amalga oshirilgan o’zaro ziyoratlar ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Turkiya Statistika tashkiloti ma’lum qilishicha, Afrika davlatlari bilan Turkiya o’rtasidagi tashqi tijorat hajmi 2009-2014 yillar mobaynida 40% ortib, 14 milliard dollardan 19.7 milliard dollarga ko’paydi.
Bu davr mobaynida Turkiyaning Afrika davlatlariga amalga oshirgan eksporti 35% ortish bilan 13.8 milliard dollarni tashkil qilar ekan, Shimoliy Afrika davlatlariga amalga oshirilgan eksport 32%, boshqa Afrika davlatlariga amalga oshirilgan eksport esa, 43% ortish ko’rsatdi.
Qolaversa, Afrika davlatlaridan amalga oshirilgan import esa, 51% ortish ko’rsatib, jami 3.9 milliard dollardan 5.9 milliard dollarga chiqdi.
Davlatlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, o’tgan yili Turkiya Misrga 3.3 milliard dollar hajmida eksport amalga oshirdi.
Shuningdek, Liviya va Jazoyirga 2.1 milliard dollar hajmida, Marokashga esa, 1.4 milliard dollar hajmida eksport amalga oshirdi.
O’tgan yili Turkiya eng ko’p mahsulot importini Misrdan qabul qilib oldi, ya’ni Misr o’tgan yili Turkiyaga 1.4 milliard dollar hajmida mahsulot eksport qildi.
Shuningdek, Janubiy Afrika davlati Turkiyaga 1.2 milliard dollar hajmida mahsulot eksport qildi, Jazoyir esa, 921 million dollar hajmida Turkiyaga mahsulot eksport qildi.
2002 yili Afrika davlatlaridagi Turkiya vakolatxonasining soni 39 nafarni tashkil qildi.
Bundan tashqari, 23dan ziyod Afrika davlatlarida Turkiya tijorat maslahatchiligi ochildi.
Turk Havo Yo’llari ham ohirgi 12 yil ichida Afrikaning 42 hududiga yo’lovchi reyslarini amalga oshirmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar