Rossiya va Ukraina tabiiy gaz bo’yicha kelishuv yo’lga qo’ydi

Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novak Ukrainaga oldindan to’lash sharti bilan faqatgina mart oyigacha tabiiy gaz berilishini bildirib, Ukraina hukumati hozircha kunda 10 million kuba metr tabiiy gaz talab qilganini ma’lum qildi.

245726
Rossiya va Ukraina tabiiy gaz bo’yicha kelishuv yo’lga qo’ydi

Rossiya va Ukraina Energiya vazirlari tabiiy gaz bo’yicha kelishib oldi.

Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novak Brusselda Yevropa İttifoqi vositasida bo’lib o’tgan muzokaradan so’ng matbuotga bayonot berdi.

Bayonotda, Ukrainaga oldindan to’lash sharti bilan faqatgina mart oyigacha tabiiy gaz berilishini bildirib, Ukraina hukumati hozircha kunda 10 million kuba metr tabiiy gaz talab qilganini ma’lum qildi.
Rus isyonchilar nazoratidagi hududga beriladigan tabiiy gazning qishki bo’limiga aloqasi yo’qligi bo’yicha kelishib olinganini tilga olgan Novak Ukrainaning yozgi tabiiy gaz importiga doir shartlarni esa, mazkur oy yakunida muzokara qilishlarini ma’lum qildi.
Rossiya va Ukraina o’rtasidagi tabiiy gaz kelishmovchiligi sababli shikoyat kelishini istamagan Yevropa İttifoqi ikki davlat energiya vazirlarini muzokara uchun Brusselga taklif qilgan edi.
Tomonlar oktyabr oyida Yevropa İttifoqi vositasida tabiiy gazning qanday shartlarga binoan berilishi bo’yicha kelishib olganiga qaramasdan, to’lovlar va Ukrainaning sharqiga beriladigan tabiiy gaz bo’yicha kelisha olmagan edi.
Rus Gazprom Ukraina mart oyida beriladigan gaz uchun oldindan pulini to’lamagan taqdirda, bu davlatga berilayotgan gazni to’xtatishi haqida ogohlantirgan edi.
Yevropa İttifoqining tabiiy gaz ehtiyojining 30%ini ta’minlagan Gazprom bu miqdorning yarmini Ukraina orqali o’tgan quvur tarmoqlar vositasida yetkazmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar