İroqda iqtisodiy ahvol tobora salbiy tus olib bormoqda

İroq Neft vazirligi ma’lum qilishicha, ohirgi bir oy ichida neft eksportidan tushgan daromad 2 milliard dollar kamayib, jami 3 milliard 200 million dollarni tashkil qildi.

219932
İroqda iqtisodiy ahvol tobora salbiy tus olib bormoqda

Siyosiy barqarorsizlik hukm surgan İroqda iqtisodiy ahvol tobora salbiy tus olib bormoqda.
O’tgan oy mamlakatda neft eksporti avvalgi oyga nisbatan 2 milliard dollarga pasaydi.
İroq Neft vazirligi ma’lum qilishicha, ohirgi bir oy ichida neft eksportidan tushgan daromad 2 milliard dollar kamayib, jami 3 milliard 200 million dollarni tashkil qildi.
Bu raqam İroq neft eksportining avvalgi oyga nisbatan 12.4% kamayib, 78 million 600 ming barrilga pasayganini bildiradi.
Janubiy portlardagi salbiy hava shartlari va neft bahosining arzonlab ketishi bunga sabab qilib ko’rsatilmoqda.
Dunyoda eng katta neft zahiralariga ega bo’lgan İroq milliy daromadining tahminan 95%ini neft eksportidan ta’minlaydi.
İroq hukumati 2015 yil budjetini neft bahosini barril boshiga 56 dollardan hisoblab rejalashtigan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar