Turkiya xorijga 2.3 milliard dollarlik gilam eksport qildi

Qo’shni davlatlardagi iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan, o’tgan yili 2013 yildagi rekordni ortda qoldirgan turk gilam korxonalari Amerika, Yevropa, Shimoliy Afrika va Uzoq sharqdagi qator davlatlarga gilam eksport qildi.

205404
Turkiya xorijga 2.3 milliard dollarlik gilam eksport qildi

Turkiyada gilamchilik sanoati 2.3 milliard dollarlik eksport amalga oshirib, eng yuqori darajani qo’lga kiritdi.
Qo’shni davlatlarda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan, o’tgan yili 2013 yildagi rekordni ortda qoldirgan turk gilam ishlab chiqaruvchilari Amerika, Yevropa, Shimoliy Afrika va Uzoq sharqdagi qator davlatlarga gilam eksport qildi.
İstanbul tekstil va konfeksion eksporti aksiyadorlik jamiyati ma’lumotiga ko’ra, gilam sanoati 2013 yili 2 milliard 195 million 376 ming dollarni tashkil qilgan eksportni, 2014 yilga kelib 7.3%lik orttirgan holda 2 milliard 354 million 635 ming dollarga oshirdi.
Gilamchilik sanoatida yetakchi bo’lgan Gaziantep Turkiyadagi gilam eksportidan 68.2% hissaga ega bo’ldi.
Gaziantepdan so’ng, İstanbul, Ushak, Denizli, İzmir,Kayseri va Ankara gilamchilik sanoati bo’yicha ilg’or shaharlardir.
O’tgan yili gilam eksport qilingan 10 davlatdan jami 4 nafari Yaqin sharq davlatlari hisoblanadi.
Eng ko’p gilam eksport qilingan davlat esa, Saudiya Arabiston.
Amerika, İroq, Germaniya, Liviya va Angliya davlatlari ham turk gilamining ashaddiy haridorlari hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar