Turkiya bilan İroq o’rtasida energiya hamkorligi...

Turkiya-İroq 17-Qo’shma İqtisodiy Komissiyasi yig’ilishiga qatnashgan Taner Yildiz İroq Tashqi ishlar vaziri İbrahim Al-Jafariy bilan neft va tabiiy gaz eksporti, energiya investitsiyalari, tijorat, transport va chegaralardan o’tkazilayotgan mahsulot hajmini yanada kengaytirish bo’yicha qator shartnomalarga imzo qo’ydi.

189688
Turkiya bilan İroq o’rtasida energiya hamkorligi...

Turkiya bilan İroq o’rtasida energiya hamkorligi bo’yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur hamkorlik asosida İroqdan Turkiyaga berilayotgan neft miqdori ko’paytiriladi.
Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Taner Yildiz, dunyoda neft bahosi doimiy o’zgarganini, shu sababli Turkiya bilan İroq hamjihatlikda bundan oqilona foydalanish bo’yicha kelishib olganini ma’lum qildi.
Kuni kecha bo’lib o’tgan Turkiya-İroq 17-Qo’shma İqtisodiy Komissiyasi yig’ilishiga qatnashgan Taner Yildiz İroq Tashqi ishlar vaziri İbrahim Al-Jafariy bilan neft va tabiiy gaz eksporti, energiya investitsiyalari, tijorat, transport va chegaralardan o’tkazilayotgan mahsulot hajmini yanada kengaytirish bo’yicha qator shartnomalarga imzo qo’ydi.
İroq Neft vaziri Abdulmehdi Jeyhanga eksport qilingan neft miqdorini aprel oyidan boshlab kundalik 600 ming barrilga chiqarishni rejalashtirganini ma’lum qildi.
Turkiya İroqda elektr-energiya va boshqa ko’plab sohalarda ulkan investitsiyalarni amalga oshirganiga e’tibor qaratgan Abdulmehdi bu esa, İroqning iqtisodiy ravnaqiga ijobiy ta’sir ko’rsatishiga e’tibor qaratdi.
İroq bilan Turkiya hamjihatlikda qadam tashlashining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Taner Yildiz, neft bahosi bunchalik tez o’zgarayotgan bir paytda bu jarayondan yaxshi foydalanish kerakligini bildirdi.
Taner Yildizning aytishicha, turk firmalar İroqda investitsiya faoliyatlarini davom ettiradi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar