Rossiya mamlakatdagi iqtisodiy pasayishni tan oldi

"Ria Novosti" xabar agentligiga bayonot bergan Rossiya Bosh vaziri Dimitriy Medvedev mamlakatda katta iqtisodiy pasayish kuzatilishini ilk marta e’tirof etdi.

158148
Rossiya mamlakatdagi iqtisodiy pasayishni tan oldi

Rossiya Bosh vaziri Dimitriy Medvedev mamlakatdagi iqtisodiy pasayishni e’tirof etdi.
Medvedev ohirgi kunlarda neft va tabiiy gaz bahosining pasayishi bilan katta qiyinchilikka uchragan Rossiya iqtisodiyoti haqida ma’lumot berdi.
Rus xabar agentligi Ria Novostiga bayonot bergan Medvedev mamlakatda katta iqtisodiy pasayish kuzatilishini ilk marta e’tirof etdi.
Lekin, Medvedev o’tgan hafta Rossiya g’arb davlatlarining sanksiyalaridan ta’sirlanmasligini aytib o’tgan edi.
Aksincha, Rossiyada asosan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish darajasi oshganini bildirgan edi.
Eslatib o’tamiz, Amerika Qo’shma Shtatlari va ayni paytda bir qator g’arb davlatlari Ukrainadagi notinchlikdan so’ng, vaqti-vaqti bilan Rossiyaga iqtisodiy sanksiya tadbiq etmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar