Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyani kuchaytirdi

Shveysariya Rossiyaga tadbiq etilgan sanksiyalar doirasida Rossiya fuqarosi bo’lgan 13 shahs va 5 bankning faoliyatlari cheklanishini ma’lum qildi.

151223
Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyani kuchaytirdi

Shveysariya Ukrainadagi notinchlik sababli Rossiyaga tadbiq etgan sanksiya ro’yxatini kengaytirdi.
Shveysariya İqtisodiyot maslahatchiligining internet saytida, Rossiyaga tadbiq etilgan sanksiyalar doirasida Rossiya fuqarosi bo’lgan 13 shahs va 5 bankning faoliyatlari cheklanishini ma’lum qildi.
Shveysariya joriy yilning 6 avgust kuni 18 nafar rus shirkati bilan 26 shahsni Rossiya bilan bog’liq sanksiya ro’yxatiga kiritgan edi.
Bunga qo’shimcha ravishda 27 avgust kuni 11 shahs bilan 5 nafar bankni, keyinchalik 13 noyabrda Rossiya fuqarosi bo’lgan 24 shahsni bu ro’yxatga kiritgan edi.
Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lmagan, lekin Schengen birligiga a’zo bo’lgan Shveysariya Yevropa İttifoqi tomonidan berilgan sanksiyalarning barchasini qo’llamasa ham ba’zi shahslar va firmalarning faoliyatini cheklashni afzal ko’rmoqda.
Chunki, Rossiyaga tegishli hom neft eksportining 75%i Jeneva orqali xalqaro bozorga chiqarilmoqda.
Shveysariya Markaziy bankining 2012 yildagi statistika ma’lumotiga ko’ra, Shveysariya banklarida Rossiyaga tegishli tahminan 15 milliard dollar mablag’ mavjud.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar