Ukraina bilan Rossiya o'rtasida tabiiy gaz shartnomasi imzolandi

Shartnomaga ko’ra, Ukraina kelgusi yildan boshlab tabiiy gazning 1000 kubametriga 365 dollar to’laydi.

176045
Ukraina bilan Rossiya o'rtasida tabiiy gaz shartnomasi imzolandi

Ukraina bilan Rossiya tabiiy gaz bo’yicha kelishuv yo’lga qo’ydi.
Tomonlar qish mavsumida Ukrainaga uzluksiz tabiiy gaz yetkazilishini ta’minlaydigan shartnomani Brusselda Yevropa İttifoqi nazoratida imzoladi.
Yevropa İttifoqi Komissiyasi rahbari Jose Manuel Barroso “Bundan buyon Yevropa xalqi qishda sovuqdan muzlab qolishdan qo’rqmaydi”-degan holda shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Shartnomaga ko’ra, Ukraina kelgusi yildan boshlab tabiiy gazning 1000 kubametriga 365 dollar to’laydi.
Ukraina qolaversa, Rossiyaga bo’lgan tabiiy gaz qarzining 1 milliard 450 million dollarini darhol to’laydi.
Shu sababli, Ukraina joriy yil yakunigacha Rossiyaga 1 milliard 650 million dollar mablag’ to’laydi.
Yevropa İttifoqi bu qarzlarini to’lay olishi uchun Ukrainaga kredit berishi kutilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar