Air France Havo Yo’li shirkati 200 million evro zararga uchradi

Fransiyada Air France Havo Yo’li shirkati uchuvchilari ish tashlash namoyishini to’xtatdi.

143341
Air France Havo Yo’li shirkati 200 million evro zararga uchradi

Fransiyada Air France Havo Yo’li shirkati uchuvchilari 2 haftadan beri davom etayotgan ish tashlash namoyishini to’xtatdi.
Uchuvchilar arzon bilet sotgan Havo Yo’li shirkatlari bilan raqobat qilish maqsadida yo’lga qo’yilgan va Yevropada faoliyat ko’rsatadigan “Trans Avia” loyihasiga qarshi chiqmoqda.
Chunki, bu loyiha ko’plab shirkat xodimlarining ishdan chiqarilishiga va mavjud haq va huquqlarini qo’lidan olish kabi holatlarga sabab bo’lishiga olib keladi.
Air France Havo Yo’li shirkati o’tgan hafta uchuvchilarning ish tashlashiga sabab bo’lgan arzon bahodagi “Trans Avia” loyihasi bekor qilinganini e’lon qildi.
Uyushmalar bu masala bo’yicha tafsilotli kelisha olmaganini, lekin ish tashlash namoyishini bundan ortiqcha davom ettirish to’g’ri emasligini ma’lum qildi.
14 kun davom etgan ish tashlash namoyishi shirkatni 200 million evro zararga uchratdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar