Limondan iqtisodiyotga 115 million dollar…

134778
Limondan iqtisodiyotga 115 million dollar…

Turkiya 54 davlatga 172 ming 261 tonna limon eksport qildi.
Turkiya bu yil iyul oyigacha 54 davlatga, tahminan 172 ming 261 tonna limon eksport qilib, bundan 115 million 82 ming 858 dollar foyda qo’lga kiritdi.
Limonning yanvar oyida 2 lira 29 kurush bo’lgan narxi, avgust oyiga kelib 7 lira 23 kurushgacha oshdi.
Limon narxidagi ortish 215.92%ni tashkil qildi.
Bu ortish bilan ichki bozorda eng qimmat mahsulot bo’lgan limon tashqi tijoratda muhim eksport mahsulotlaridan biriga aylandi.
Turkiya bu yilgi mavsumda Rossiyaga limon mahsuloti bo’yicha eng katta eksportni amalga oshirdi. Bu davlatga sotilgan limon miqdori tahminan 47 ming 75 tonnani tashkil qildi.
Bu tijoratdan 33 million 15 ming 118 dollar foyda olindi.
Turkiya yilning 7 oyi ichida Saudiya Arabistonga tahminan 26 ming tonna limon mahsuloti eksport qildi. Bu tijorat natijasida Saudiya Arabistondan 16 million 566 ming 352 dollar foyda olindi.
Turkiya bundan tashqari, Suriya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Yunoniston, Gong Kong, Qatar, Mauritius, Kanada, Pokiston, Malayziya kabi davlatlarga ham limon eksport qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar