ASELSAN Janubiy Afrika mudofaa shirkati bilan shartnoma imzoladi

Turkiya Milliy mudofaa sano’ati shirkati ASELSAN Janubiy Afrika Respublikasida o’tkazilgan Xalqaro Afrika Havochilik va Mudofaa ko’rgazmasiga qatnashdi.

130295

Dunyo miqyosida tahminan 400 firma qatnashgan ko’rgazmada o’z mahsulotlarini namoyish qilgan ASELSAN ishtirokchilar tomonidan katta e’tibor qozondi.
ASELSANning standida uchuvchisiz havo vositalari, avionik termal tasvirlash va nishongoh sistemalari, tunda ko’rish ko’z oynaklari, termal qurol durbinlari va boshqa ko’plab harbiy mahsulotlar namoyish qilindi.
ASELSAN ko’rgazma chog’ida Janubiy Afrikaning eng yirik mudofaa sano’ati shirkatlaridan Paramount Advanced Technologies shirkati bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi.
Mazkur shartnoma asosida ikki shirkat mahalliy va xalqaro bozorlarda hamkorlikda faoliyat ko’rsatish bo’yicha kelishib oldi.
Kelgusida shirkatlar o’z mahsulotlari, texnologiyalari va qobiliyatlari uchun kurraviy mudofaa bozorida ish imkoniyatlaridan birgalikda foydalanadi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar