Turkiya 5 yil ichida 575 tonna oltin eksport qildi

85801
Turkiya 5 yil ichida 575 tonna oltin eksport qildi

Yilda 30 tonna oltin ishlab chiqargan Turkiya oxirgi 5 yil ichida 575 tonna kulcha oltin eksport qildi.
Turkiya Statistika Tashkiloti ma’lum qilishicha, 2009 yilda 4.6 milliard dollar qiymatida 165 tonna kulcha oltin eksport qilgan Turkiyada 2012 yilgacha oltin eksporti quyi darajada edi.
2012 yilga kelib 252.4 tonna bilan oxirgi 5 yil ichida eng ko’p kulcha oltin eksportini amalga oshirgan Turkiya bu eksportning 126 tonnasini Eronga amalga oshirar ekan, o’sha yili Birlashgan Arab Amirliklariga 85 tonna oltin eksport qilgani diqqat qaratdi.
O’tgan yili esa, 72 tonna oltin eksport qilgan Turkiya, natijada oxirgi 5 yil ichida jami 575 tonna kulcha oltin eksport qildi.
2009-2012 yillar mobaynida Turkiyaning kulcha oltin bo’yicha eksport miqdori quyidagicha:

2009 yilda 165 tonna oltin
2010 yilda 56 tonna oltin
2011 yilda 30 tonna oltin
2012 yilda 252 tonna oltin


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar