Yevropa İttifoqi qarz botqog’idan chiqa olmayotir...

2014 yilning dastlabki choragida Yevropa İttifoqi bilan evro hududida davlat qarzdorlik nisbati tobora ortish ko’rsatdi.

67272
Yevropa İttifoqi qarz botqog’idan chiqa olmayotir...

İqtisodiy inqirozga chora izlagan Yevropa İttifoqi barcha urinishlarga qaramasdan qarz botqog’idan chiqa olmayotir.
So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, 2014 yilning dastlabki choragida Yevropa İttifoqi bilan evro hududida davlat qarzdorlik nisbati tobora ortish ko’rsatdi.
Yunoniston qarzdorlik nisbati ro’yxatida eng oldingi safdan joy olar ekan, ro’yxat oxirida esa, Estoniya davlati o’rin oldi.
Yevropa İttifoqi Statistika tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko’ra, 18 davlat joylashgan evro hududida davlat qarzining milliy byudjetga ko’rsatgan ta’siri yilning dastlabki 3 oyi ichida 94% ga ko’tarildi.
Bu nisbat 28 a’zo davlatga ega bo’lgan Yevropa İttifoqi miqyosida esa 88%ni tashkil qildi.
İqtisodiy tanglik avj olgan evro hududida jami davlat qarzi yilning dastlabki choragida 150 milliard evrolik ortish bilan 9 trillion evrodan oshdi.
Ro’yxatda Yunonistondan so’ng, 130 % dan ortiq qarz nisbatlari bilan janubiy Yevropa davlatlari İtaliya va Portugaliya o’rin oldi.
Estoniya, Bolgariya va Luksemburg davlat qarzining milliy byudjetga ko’rsatgan ta’siri ozchilikni tashkil qilgan davlatlar sifatida ilgari surildi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar