Turkiya iqtisodiyoti yilning dastlabki choragida 4.3% rivojlandi

Turkiya Statistika tashkiloti 2014 yilning dastlabki choragiga doir rivojlanish natijalarini ma’lum qildi.

89300
Turkiya iqtisodiyoti yilning dastlabki choragida 4.3% rivojlandi

Turkiya iqtisodiyoti yilning dastlabki choragida 4.3% rivojlandi.
Turkiya Statistika tashkiloti 2014 yilning dastlabki choragiga doir rivojlanish natijalarini ma’lum qildi.
Yalpi ichki mahsulot o’tgan yilning ayni choragiga nisbatan 4.3% ortish ko’rsatdi.
Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Ali Babajan 4.3%lik rivojlanish nisbati tahminlardan ham yuqori ekanligini bildirdi.
Babajan, rivojlanayotgan davlatlardagi muvozanatsizlikka qaramasdan, Turkiya iqtisodiyotining kuchli rivojlanish jarayoni davom etganligini ifoda etdi.
Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya rivojlanish bo’yicha qo’lga kiritgan yutug’i bilan bir qancha davlatlarni ortda qoldirganligini aytib o’tdi.
Zeybekchi, “Rivojlanish natijalari bilan 33 nafar Yevropa davlati ichida eng tez rivojlangan davlatga aylandik. Hali 3 nafari e’lon qilinmadi, lekin Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lgan 25 davlatdan ham tez rivojlandik. Turkiya 1-chorakda e’lon qilingan 19 nafar G-20 davlatidan ham tez rivojlandi. Turkiya İqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkilotidagi rivojlangan davlatlardan ham yuqori ko’rsatkichga erishdi”-dedi.
Nihat Zeybekchi Markaziy bankning foiz siyosati bilan bog’liq tahlikalarga e’tibor qaratdi.
Zeybekchi, “Turk lirasining o’ta qiymat qozonishini eksportga nisbatan tahlika deb mulohaza qilamiz. Buni istamaymiz. Shu sababli foizlarning pasayishini qo’llab quvvatlash kerak. Markaziy bankimizga shuni aytmoqchimanki, foizlarni pasaytirib, bu tahlikani bartaraf etaylik”-dedi.
Turkiya Moliya vaziri Mehmet Shimshek bozorlardagi barqarorlikka e’tibor qaratdi.
Shimshek, 30 mart kuni o’tkazilgan mahalliy saylovlardan so’ng mustahkamlangan siyosiy barqarorlikning iqtisodiyotga ham ta’sir ko’rsatganligini va ichki talabni orttirganligini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar