Nihat Zeybekchi:"Turkiyada foizlar pasaya boshlaydi"

Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Denizlida o’tkazilgan matbuot anjumanida iqtisodiy o’zgarishlarga to’xtaldi.

87877
Nihat Zeybekchi:"Turkiyada foizlar pasaya boshlaydi"

Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Denizlida o’tkazilgan matbuot anjumanida iqtisodiy o’zgarishlarga to’xtaldi.
Zeybekchi kelgusi kunlarda foizlar pasaya boshlashini aytib o’tdi.
Zeybekchi, “İshonamanki, bu haftadan e’tiboran Turkiyada foizlar pasaya boshlaydi va Markaziy bankimiz ham foizdagi pasayishni qo’llab quvvatlovchi qarorlar oladi”-dedi.
Turkiya yaqinda takror 2013 yilda bo’lganidek, iqtisodiyotni rivojlantirgan, investitsiyani ko’paytirgan, eksportni orttirgan, ish bilan ta’minlash nisbatini kuchaytirgan foiz darajasiga erishishini tilga olgan İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Turkiyaning 2014 yilda kishi boshiga tushgan milliy daromadi ham 11 ming 500 dollardan ortishini ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar