Stoltenberg: Mudofaa xarajatlarini orttirishimiz kerak, taranglik avj olmoqda

Jens Stoltenberg Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida Niderlandiya muvaqqat hukumati Bosh vaziri Mark Rutte, Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen va Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala bilan birgalikda matbuot anjumani uyushtirdi.

2129133
Stoltenberg: Mudofaa xarajatlarini orttirishimiz kerak, taranglik avj olmoqda

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, “Mudofaa xarajatlarini orttirishimiz kerak, taranglik avj olmoqda”, - dedi.

Jens Stoltenberg Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida Niderlandiya muvaqqat hukumati Bosh vaziri Mark Rutte, Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen va Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala bilan birgalikda matbuot anjumani uyushtirdi.

Bosh kotib bir jurnalistning “Eron va Isroil o‘rtasidagi taranglik mintaqaviy mojaroga aylanish xavfi ostida. Xo‘sh, G‘arb ham Ukrainani ham da Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qila oladigan darajada havo hujumidan mudofaa tizimiga egami?” - degan savoliga javob berdi. Stoltenberg unda: “NATO ittifoqchilari bu qobiliyatga egadir. Dunyodagi harbiy kuchning 50 foizi bizning qo‘limizda va kuchli ittifoqchilarimiz bor”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukrainada davom etayotgan urush va Yaqin Sharqdagi to‘qnashuvlar, NATOning mudofaa xarajatlarini oshirish maqsadining ahamiyatini ochib berganini ifoda etgan Stoltenberg, “Mudofaa xarajatlarini orttirishimiz kerak, taranglik avj olmoqda. Ittifoqchilar qilgan ish, aynan shu”. – dedi.

 



Aloqador xabarlar