Eron Buyuk Britaniyaning Isroil hujumlariga munosabatini tanqid qildi

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan telefon orqali muloqot qildi.

2128126
Eron Buyuk Britaniyaning Isroil hujumlariga munosabatini tanqid qildi

 

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Abdullahiyon Eron Isroilning ehtimoliy hujumiga “darhol” va “kuchliroq” javob berishini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, Eronning Isroilga hujumi "o'zini himoya qilish" doirasida amalga oshirilgan. Mintaqadagi inqirozlar zamirida Isroilning buzg'unchi siyosati yotadi.

Eron tashqi ishlar vaziri suhbat davomida G'azoda o'n minglab tinch aholining o'limiga sabab bo'lgan Isroil hujumlarini qo'llab-quvvatlagan Britaniyani tanqid qild.

"Soʻnggi olti oyda Gʻazoning mazlum xalqiga yuz minglab tonna bombalar tashlangan boʻlsa-da, Buyuk Britaniya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasiga muvofiq, Isroil rejimining diplomatik joylarga vahshiylarcha hujum qilganiga munosabatidan xavotirda ekani ajablanarlidir",-deydi Eron tashqi ishlar vaziri.

Tel-Avivning Eron hududiga ehtimoliy hujumi haqida fikr bildirgan Abdullahiyon, "Eron mintaqada keskinlik kuchayishini xohlamaydi, lekin Isroil rejimi sarguzasht xohlayotganda bo'lsa, bizning keyingi reaksiyamiz tezroq, kuchliroq va keng qamrovli boʻladi”, - dedi.

Eslatma: 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.

Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi. Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.

Isroil davlat televideniyesi KAAN Eronga qarshi "cheklangan hujum" rejalashtirilganini e'lon qildi. Bu esa, Isroilga Eronni nazorat qilish imkonini beradi va mintaqani keng qamrovli urushga tortmaydi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Eron

Aloqador xabarlar