Isroil prezidenti Isaak Gertsog barcha variantlarni ko‘rib chiqishini aytdi

Isroil prezidenti Isaak Gertsog Eron o‘z mamlakatiga havo hujumlari uyushtirganidan so‘ng “barcha variantlarni ko‘rib chiqayotganliklarini” aytdi.

2127607
Isroil prezidenti Isaak Gertsog barcha variantlarni ko‘rib chiqishini aytdi

 

Isroil prezidenti Isaak Gertsog Eron o‘z mamlakatiga havo hujumlari uyushtirganidan so‘ng “barcha variantlarni ko‘rib chiqayotganliklarini” aytdi.

Isaak Herzog Britaniyaning Sky News telekanaliga Eron tomonidan 13-aprelga o‘tar kechasi uyushtirilgan havo hujumlari yuzasidan bayonot berdi.

Eronning hujumini "urush e'lon qilish" deb ta'riflagan Gertsog "ular o'zini tutib olganliklarini, (Eron bilan mojaroning) oqibatlarini bilishlarini va sheriklari bilan barcha variantlarni ko'rib chiqishlarini" aytdi.

Isroilning "tinchlik tarafdori" ekanligini ilgari surgan Herzog, "Isroilning tashkil topganidan beri bu mintaqada izlagan oxirgi narsa urushga kirishish" dedi.

Isroil uchun ustuvor mavzuning G'azodagi mahbuslarni ozod qilish ekanligini ifoda etgan Isaak Herzog, G'azoga "ko'p o'tish eshiklarini ochib, katta miqdorda yordamning parashyutlar bilan tushishini ta'minlaganliklarini" da'vo qildi.

Isroil 1 aprel kuni Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi va Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusidan 7 kishi, jumladan 2 general halok bo'lgan edi.

Eron Isroil konsulligi hujumi o'z mamlakati hududiga hujum qilish degani va ular javob qaytarishlarini e'lon qilgan edi.

Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini bildirdi. Avvalgi kechada Eron yuzlab kamikadze uchuvchisiz havo vositalari, ballistik va qanotli raketalar bilan Isroilga hujum uyushtirdi va ba'zi harbiy nishonlarga zarba berilganini e'lon qilgan edi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan oldi olindi, biroq raketa janubdagi harbiy bazaga tegdi.

 

 



Aloqador xabarlar