Janubiy Koreya ikki nafar rus tadbirkorga nisbatan sanksiya joriy etdi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga qurol ishlab chiqarishda yordam bergani taxmin qilingan ikki nafar rossiyalik tadbirkorga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

2124854

Yohnap xabariga ko'ra, Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik ishbilarmonlarga qarshi sanksiyalar haqida bayonot berdi.

Vazirlik “Intellekt” MChJ raisi Sergey Mixaylovich Kozlov, “Sodeistvie” raisi Aleksandr Fyodorovich Panfilov va ushbu ikki kompaniyani sanktsiyalar roʻyxatiga kiritganini maʼlum qildi.

Shuningdek, Moskva va Pxenyan oʻrtasida harbiy texnika tashuvchi Rossiyaning “Lady R” va “Angara” nomli kemalariga ham sanksiyalar joriy etilishi maʼlum qilindi.

“Shimoliy Koreya va Rossiya oʻrtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyoda tinchlik va barqarorlikka tahdid soladi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini ochiqdan-ochiq buzadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar