Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil kuchlari 180 kundan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqda.

2124262
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 7 - oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni 32 ming 975 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ashraf al – Kudra tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 180 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Kudra, Isroil kuchlarining oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida falastinlik yana 59 kishi halok bo‘lgani va 83 kishi tan jarohati olganini bildirdi.

Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 32 ming 975 nafarga yetganini ifoda etgan Kudra, tan jarohati olganlar sonining esa 75 ming 577 nafar ekanini ta’kidladi.

Sog‘liqni Saqlash vazirligi Matbuot xizmati kotibi Kudra, haligacha vayronalar ostida va yo‘l chetida qolib ketgan jasadlar borligi ammo ularni Isroilning moneligi yuzasidan olish imkoni bo‘lmaganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar