G’azo sektoriga uyushtirilgan hujumlarda halok bo’lganlar soni 32 ming 705 nafarga ko’tarildi

Isroil armiyasining 2023-yil 7-oktabrdan beri G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo’lganlar soni 32 ming 705 nafarga ko’tarildi.

2122458

Falastin Sog'liqni saqlash vazirligining G'azodagi voizi Ashraf al-Qudra o'z bayonotida Isroilning G'azo sektoriga 176 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma'lumot berdi.

Kudra, Isroil kuchlarining G'azo sektoriga oxirgi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida yana 82 Falastinlik hayotdan ko'z yumganini, 98 Falastinlik esa yaralanganini bildirdi.

7 oktyabrdan beri Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida hayotdan ko'z yumganlar sonining 32 ming 705 nafarga yetganini ifoda etgan Kudra, yaradorlar sonining 75 ming 190 nafarga yetganini qayd etdi.

Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Kudraning aytishicha, vayronalar ostida va yo'l chetida hali ham qurbonlar bor. Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli tibbiy guruhlar va fuqarolik mudofaa xodimlari jasadlarga yetib bora olmaganiga urg‘u berdi.

Tanlangan kalimalar: #32 ming 705 nafar , #Qurbonlar , #Hujum , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar