Janubiy Afrikada G'azo uchun namoyish o'tkazildi

Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida dunyoning turli burchaklaridan minglab odamlar yig‘ilib, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish talabi bilan 41 kilometrlik yurish o‘tkazdi.

2119796
Janubiy Afrikada G'azo uchun namoyish o'tkazildi

 

Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida dunyoning turli burchaklaridan minglab odamlar yig‘ilib, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish talabi bilan 41 kilometrlik yurish o‘tkazdi. Milliy matbuotda chop etilgan xabarga ko'ra, 20 mamlakat va 160 shahardan minglab odamlar cherkovlar va nasroniy jamiyatining chaqiruvi bilan  Keyptaunda "G'azoda o't ochishni to'xtatish uchun Haj ziyorati" mavzusida Falastin bilan birdamlik tadbiri uchun yig'ilishdi.

Pasxa haftasi oldidan nasroniy diniy motivlari bilan o'tkazilgan tadbir doirasida G'azo  sektori  uzunligini ifodalash uchun 41 kilometrlik  yurish uyushtirildi.

Keyptaun janubidagi Saymon Taun shahridan boshlangan yurish Keyptaun shahar markazida yakunlandi. Falastin bayroqlari bilan minglab odam G'azoda o't ochishni to'xtatishga chaqirdi va yurish davomida falastinliklar uchun duo qildi. Yurish ortidan uyushtirilgan she'r va musiqa kechasida, 7 oktyabrdan beri Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida hayotdan ko'z yumgan 32 mingdan ortiq falastinlik yodga olindi.

 



Aloqador xabarlar