Gretsiyada AQSh va NATO tanklarini olib ketayotgan poyezd to'xtatildi

Gretsiya Kommunistik partiyasi a’zolaridan iborat guruh Aleksandrupoli shahridagi temir yo‘lda urushga qarshi namoyish o‘tkazdi.

2119656
Gretsiyada AQSh va NATO tanklarini olib ketayotgan poyezd to'xtatildi

 

Gretsiyaning Aleksandrupoli shahrida bir guruh faollar, temir yo'lda barrikada o'rnatib, AQSh va NATOga tegishli tanklarni olib ketayotgan poyezdni to'xtatdi.

Gretsiya Kommunistik partiyasi a’zolaridan iborat guruh Aleksandrupoli shahridagi temir yo‘lda urushga qarshi namoyish o‘tkazdi.

Faollar, “Aleksandrupoli imperialistlar qal’asi emas, xalq porti” kabi shiorlarni tilga oldi.

Namoyish chog'ida Falastin bayroqlari ham ko'tarildi. Poyezddagi tank ustiga "Qotillar, uylaringizga qaytinglar" deb yozildi.

Turkiya va Bolgariya chegaralariga yaqin joylashgan Aleksandrupoli shahri, Ukraina-Rossiya urushidan keyin NATO harbiy texnikasini Ruminiya va Bolgariya orqali Sharqiy Yevropaga jo'natish uchun muqobil yo'lga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar