Moskvadagi terakt qurbonlari 137 nafarga yetdi

Bu haqda mamlakat tergov qo‘mitasi ma'lum qildi. Uning ma'lum qilishicha, qurbonlar soni yana oshishi mumkin.

2119620
Moskvadagi terakt qurbonlari 137 nafarga yetdi

 

Moskvadagi Krokus Siti Xoll konsert zaliga uyushtirilgan qurolli hujum qurbonlari soni 137 nafarga yetdi.

Bu haqda mamlakat tergov qo‘mitasi ma'lum qildi. Uning ma'lum qilishicha, qurbonlar soni yana oshishi mumkin.

Mamlakat Tergov qo‘mitasi terakt sodir bo‘lgan joyda, favqulodda xizmatlar vayronalarni tozalash vaqtida yana ayrimlarning jasadlari topilgani haqida xabar bergan. Hozirgacha 62 jasadning shaxsi aniqlanganligi bildirildi.

Moskva oblasti meri Yuriy Vorobyov ayni paytda Moskva shahri va Moskva viloyatidagi shifoxonalarga 120 nafar jabrlanganlar borligini aytdi.

"Aksariyatining ahvoli og‘ir. Shifokorlar harakat qilishyapti", – deydi Vorobyov.

Ayni paytda hujumga aloqadorlikda qo‘lga olingan 11 gumondordan 4 nafari Moskva tuman sudida ifoda bergan.

Gumonlanuvchilar Tojikiston fuqarolari Dalercon Mirzoyev, Saidakram Murodali Rachabalizoda, Fariduni Shamsidin va Muhammadsobir Fayzovlar 22 mayga qadar hibsda qolishga qaror qilindi.

Fayzovning sud zaliga nogironlar aravachasida, shifokor hamrohligida olib ketilgani, boshqa gumonlanuvchilarning yuzlaridagi shish va ko‘karishlar diqqat jalb etgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Moskva

Aloqador xabarlar