Janubiy Afrika Isroil armiyasida jang qilayotgan fuqarolarini hibsga oladi

Janubiy Afrika Tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor Isroil armiyasida xizmat qilayotgan Janubiy Afrika fuqarolari mamlakatga qaytishi bilanoq hibsga olinishini aytdi.

2115291

Naledi Pandor, Janubiy Afrikaning Falastin bilan birdamligi mavzusida Afrika Milliy Kongressi tomonidan uyushtirilgan yig'ilishda shunday dedi.  U Isroil armiyasida xizmat qilayotgan Janubiy Afrika fuqarolari mamlakatga qaytishi bilanoq hibsga olinishini ma’lum qildi.

  “Men Isroil mudofaa kuchlari safida yoki tarkibida jang qilayotgan janubiy afrikaliklarni ogohlantiruvchi bayonot berdim:

 “Tayyormiz, uyga qaytsang hibsga olamiz”, dedi.

Pandor, "Biz 8 oktyabrda (Isroilning G'azo sektoriga hujumlari boshlangan paytda) Falastin xalqi bilan  tanishmadik , o'nlab yillar davomida kurashda birga bo'ldik" dedi.

Aloqador xabarlar