Gaiti qamoqxonasida 12 mahbus hayotdan ko'z yumdi

Gaitida jinoiy guruhlarning qamoqxonaga qurolli hujumi natijasida 12 mahbus hayotdan ko'z yumdi, 3600 mahbus qochib ketdi.

2110355
Gaiti qamoqxonasida 12 mahbus hayotdan ko'z yumdi

Gaitida jinoiy guruhlarning qamoqxonaga qurolli hujumi natijasida 12 mahbus hayotdan ko'z yumdi, 3600 mahbus qochib ketdi.

Poytaxt Port-au-Prensdagi Croix des Bouquets qamoqxonasiga bosqin uyushtirgan qurolli to'dalar xavfsizlik kuchlari bilan to'qnashdi.

To'qnashuvda 12 mahbus hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, 3600 mahbus qochib ketdi.

Boshqa tomondan, jinoiy guruhlar tomonidan bostirilgan qamoqxonada 17 nafar Kolumbiya fuqarosi bo'lgani va Kolumbiya hukumatining Gaiti rasmiylari bilan aloqada bo'lganligi ma'lum qilindi.

Oxirgi 3 kun ichida o’lkada sodir bo’lgan hujumlarda 4 nafar politsiya xodimining o’limidan tashqari o’nlab insonlar ham tan jarohati oldi.

Bosh vazir Ariel Genrining iste'fosini talab qilib, bir muddat norozilik namoyishlarini o'tkazayotgan minglab odamlar tez-tez politsiya bilan to'qnashadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #12 mahbus , #hujum , #qamoqxona , #Gaiti

Aloqador xabarlar