Qur’on - i Karimni yoqib yuborgan Juravel ozodlikdan mahrum etildi

Qur’on - i Karimni yoqib yuborgan Nikita Juravel 3 yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi.

2108530
Qur’on - i Karimni yoqib yuborgan Juravel ozodlikdan mahrum etildi

O‘tgan yili Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasida Qur’on - i Karimni yoqib yuborgan Nikita Juravel 3 yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniy shahridagi Visaitovskiy shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Qur’on - i Karimni yoqib yuborgan Juravel, “manaviy qadriyatlarni haqorat qilish va ijtimoiy tartibni buzish”da aybdor deb topildi.

Sud, 20 yoshli Juravelni 3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror qabul qildi.

Juravelning advokati Yuliya Antonova, sud jarayoni ortidan jurnalistlarga bergan bayonotida, qarorga e’tiroz qilishi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Nikita Juravel may oyida Rossiyaning Volgograd shahridagi bir jome’ masjidi oldida Qur’on - i Karimni yoqib yuborgani sababli hibsga olingan va Chechenistonga jo‘natilgan edi.

 



Aloqador xabarlar