Isroil, G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlarda qurbonlar soni oxirgi 29 ming 954 nafarga yetdi

Isroil qo’shini tomonidan blokadadagi, xalq ochlikka majbur bo’lgan G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlarda qurbonlar soni oxirgi 24 soatda 76 nafar ortib, 29 ming 954 nafarga yetdi.

2108668

G'azodagi Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda, Isroilning 145 kundan beri davom etgan hujumlari haqida ma'lumot berildi. Kechadan beri Isroilning G'azoda tinch aholini nishonga olgan hujumlarida yana 76 Falastinlik halok bo'lgani, 110 nafar Falastinlik yaralangani qayd etildi.

Isroil armiyasining 2023-yil 7-oktabrdan buyon G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo’lgan falastinliklar soni 29 ming 954 nafarga, yaradorlar soni esa 70 ming 325 nafarga yetgani bildirildi.

Bayonotda, vayronalar ostida va yo'l chetida hamon qurbonlar borligi, lekin Isroil kuchlarining to'siqlari tufayli tibbiy guruhlar va fuqarolik mudofaa xodimlarining jasadlarga yetib bora olmagani ta'kidlandi.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Hujumlar , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar