Sudanda to‘yib ovqatlanmaslik yuzasidan har 2 soatda kamida bir bola vafot etmoqda

«Chegara bilmas shifokorlar» Sudandagi holat yuzasidan xalqaro hamjamiyatni shoshilinch tarzda safarbarlikka chaqirdi.

2100296
Sudanda to‘yib ovqatlanmaslik yuzasidan har 2 soatda kamida bir bola vafot etmoqda

Afrika davlati Sudanda har 2 soatda kamida bir bola to‘yib ovqatlanmaslik yuzasidan vafot etmoqda.

«Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti mamlakat g‘arbidagi Shimoliy Darfur shtatining Fashir shahrida har 2 soatda kamida bir bola to‘yib ovqatlanmaslik yuzasidan hayotdan ko‘z yumayotganini ma’lum qildi va xalqaro hamjamiyatni shoshilinch tarzda safarbarlikka chaqirdi.

«Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotda, Fashir shahridagi «Zamzam» qochqinlar lagerida bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Buning natijalariga ko‘ra lagerdagi bolalarning to‘rtdan bir qismi to‘yib ovqatlanmaslik xavfi ostida, 7 foizi esa to‘yib ovqatlanmaslik yuzasidan kasallika chalingan. Xalqaro hamjamiyat tomonidan shoshilinch tarzda safarbarlik talab qilingan hisobotda, lagerdagi kundalik o‘lim holati ortganiga e’tibor qaratildi.

«Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining Sudandagi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xodimi Claire Nicolet, Zamzam lagerida sodir bo‘lgan voqea yaxshilikdan dalolat bermasligini ta’kidlab,

“Lagerda har 2 soatda kamida bir bolaning to‘yib ovqatlanmaslik yuzasidan vafot etgani taxmin qilinmoqda”, - dedi.

Shunga ko‘ra har kuni taxminan 13 bola vafot etganini taxmin qilganliklarini ifoda etgan Nicolet:

“Hech to‘yib ovqatlanmayotgan bolalar davolanmagudek bo‘lsa kamida 3, eng ko‘p 6 hafta ichida o‘lish xavfi bor”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Lagerdagi o‘limlarni kamaytirish uchun chora ko‘rishga uringanliklari ammo buning yetarli emasligiga e’tibor qaratgan «Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti, voqealar avj olmasligi uchun yordamga ehtiyojlari borligini ta’kidladi.  



Aloqador xabarlar