G'azo sektorida qurbonlar soni 27 ming 708 nafarga yetdi

2023-yil 7-oktabrdan buyon Isroilning G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo’lgan falastinliklar soni oxirgi 24 soat ichida 123 nafarga ortib, 27 ming 708 nafarga yetdi.

2099073

Falastin Sog'liqni saqlash vazirligining G'azodagi yozma bayonotida,

  Isroil armiyasining G'azo sektoriga 124 kun davomida uyushtirgan hujumlari haqida ma'lumot berildi.

Bayonotda, Isroil kuchlarining so'nggi 24 soat ichida G'azoda Falastinlik tinch aholiga qarshi "16 ta qirg'in" sodir etgani qayd etildi.

Isroilning bir kunlik hujumlarida 123 nafar Falastinlik hayotdan ko'z yumgan, 169 nafar tinch aholi esa tan jarohati olgani bildirildi.

Bayonotda vayronalar ostida va yo‘l chetida hamon qurbonlar borligi, ammo jasadlarga tibbiy guruhlar va fuqarolik mudofaa xodimlari yetib bora olmagani qayd etildi.

  Isroil tomonidan 2023-yil 7-oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni 27 ming 708 nafarga, yaradorlar soni esa 67 ming 147 nafarga ko‘tarilgani qayd etildi.

Tanlangan kalimalar: #27 ming 708 nafar , #Qurbonlar , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar