Gʻazo sektoriga dori - darmon va yordam yetkazib berish ishlari boshlandi

Isroil bilan Xamas oʻrtasida Gʻazodagi isrollik asirlarga dori - darmon yetkazib berish evaziga, mintaqadagi tinch aholini dori - darmon va insonparvarlik yordami bilan ta’minlash ustidan kelishib olindi.

2090368
Gʻazo sektoriga dori - darmon va yordam yetkazib berish ishlari boshlandi

Isroil bilan Xamas oʻrtasidagi kelishuv asosida Gʻazo sektoriga dori - darmon va yordam yetkazib berish ishlari boshlandi.

Qatar Tashqi Ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Majid al – Ansoriy, «X» ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida bayonot berdi.

Ansoriy unda:

“Isroillik asirlar ham doxil Gʻazo sektoridagi tinch aholi manfaati uchun kecha e’lon qilingan kelishuvni amalga oshirish doirasida dori - darmon va yordamlar Gʻazo sektoriga olib kirildi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Qatar kecha Isroil bilan Xamas oʻrtasida Gʻazodagi isrollik asirlarga dori - darmon yetkazib berish evaziga, mintaqadagi tinch aholini dori - darmon va insonparvarlik yordami bilan ta’minlash ustidan kelishib olinganini ma’lum qilgandi.

Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida haligacha 136 nafar isroillik asir yoki mahbus bor.

Qatar bilan Misr vositachiligida oʻtgan yilning 24 – noyabri kuni 4 kunligiga, keyinroq esa 3 kunligiga uzaytirilgan vaqtinchalik otashkesimda isroillik 81 nafar, falastinlik 240 nafar asir ozod etilgandi.  

 

 



Aloqador xabarlar