Janubiy Koreya hukumati Kim Chen Inning tahdidiga munosabat bildirdi

“Hukumat Shimoliy Koreyaning har qanday provokatsiyasiga qattiq javob beradi. Koreya yarim orolidagi keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan har qanday urinish oxir-oqibat Shimoliy Koreya rejimiga zarar keltiradi",-deyiladi bayonotda.

2087278
Janubiy Koreya hukumati Kim Chen Inning tahdidiga munosabat bildirdi

 

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning mamlakatni yo‘q qilish tahdidi o‘z rejimiga zarar yetkazishini bildirdi.

“Hukumat Shimoliy Koreyaning har qanday provokatsiyasiga qattiq javob beradi. Koreya yarim orolidagi keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan har qanday urinish oxir-oqibat Shimoliy Koreya rejimiga zarar keltiradi",-deyiladi bayonotda.

Vazirlik rasmiysi, Kim Chen Inning janubni vayron qilish tahdidini "shunchaki so'z o'yini" deb baholadi.

Shimoliy Koreya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni, davlat rahbari Kim Chen In Mudofaa sanoati korxonalariga tashrifi chog‘ida harbiy provokatsiya sodir bo‘lgan taqdirda Janubiy Koreya Respublikasini yo‘q qilish uchun butun arsenalini ishga solishdan tortinmasligini tilga olgandi.

"Agar Janubiy Koreya Respublikasi davlatimizga qarshi qurolli kuchlaridan foydalanishga urinsa yoki suverenitetimiz va xavfsizligimizga tahdid soladigan bo‘lsa, biz uni butunlay yo‘q qilish uchun mavjud vositalar va kuchlarning to‘liq arsenalidan foydalanamiz”,- degan edi Kim Chen In.


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya , #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar