Isroil hujumlari falastinlik yana 18 kishining umriga zomin bo‘ldi

Isroil samolyotlari G‘azoning markaziy qismidagi Dayr al – Balah bilan janubidagi Xon Yunis shahri va G‘azodagi al - Magazi qochqinlar lageriga qarshi hujum uyushtirdi.

2085556
Isroil hujumlari falastinlik yana 18 kishining umriga zomin bo‘ldi

O‘tgan yilning 7 – oktabridan beri Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 23 ming 84 nafarga yetdi.

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektorining markaziy va janubiy qismidagi shaharlarga qarshi kechasi uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida falastinlik 18 kishi halok bo‘ldi.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra Isroil samolyotlari G‘azoning markaziy qismidagi Dayr al – Balah bilan janubidagi Xon Yunis shahri va G‘azodagi al - Magazi qochqinlar lageriga qarshi hujum uyushtirdi.

Isroil harbiy samolyotlarining Dayr al - Balah shahri va markaziy hududlariga qarshi uyushtirgan hujumlarida koʻpchiligi yosh bola va ayollardan iborat kamida falastinlik 18 kishi hayotdan koʻz yumdi va oʻnlab inson tan jarohat oldi.

Gʻazodagi al - Magazi qochqinlar lageriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda ham qurbon boʻlganlar va tan jarohati olganlar bor.

Ishgʻolchi armiyaga oid insonsiz havo vositasi ham Xon Yunis shahridagi Gʻazo Yevropa shifoxonasining hovlisi bilan shahardagi Fan va texnologiya fakulteti binolarini bombaladi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 2023 – yilning 7 - oktabri haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Oqibatida, Isroil 7 – oktabrdan beri davom etgan urushda isroillik 1200 kishi halok boʻlgani, 5 ming 132 kishi esa tan jarohati olganini ma’lum qildi.

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi esa Isroil hujumlarida 7 - oktabrdan beri o‘ldirilgan falastinliklar soni 23 ming 84 nafarga, tan jarohati olganlar sonining esa 58 ming 926 nafarga yetganini bildirdi.

Isroilning Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida falastinlik kamida 22 ming 835 kishi jon berdi. Ulardan 10 ming nafari yosh bola, 7 ming nafari ayol kishi ekani qayd etilar ekan vayronalar ostida yana minglab kishi qolib ketgani aytilmoqda.

Isroil armiyasi G‘azo sektoriga qarshi hujum uyushtirishni boshlatgan 7 - oktabrdan beri 510 nafar askarining oʻldirilganini ma’lum qildi.

Vaqtinchalik otashkesim vaqtida isroillik 81, falastinlik 240 asir ozod etildi.

Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Isroilning 7 - oktabrdan beri Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatidan 2,3 million kishidan 1,9 million nafari uy - joyidan mahrum boʻlgani va hududni tark etganini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar