Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon 200dan ortiq artilleriya o‘qlarini otdi

Snaryadlar Seul de-fakto dengiz chegarasi deb hisoblagan shimoliy demarkatsiya chizig‘idan shimolga tushgan. Hech kim jabrlanmagan.

2084726
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon 200dan ortiq artilleriya o‘qlarini otdi

 

Shimoliy Koreya qirg‘oq artilleriyasi Sariq dengizda joylashgan Yonpxyondo va Pennyondo orollari tomon 200 dan ortiq o‘q otdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, otishma mahalliy vaqt bilan taxminan 09:00 dan 11:00 gacha sodir bo‘lgan. Janubiy koreyalik tinch aholi va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar yo‘q. Snaryadlar Seul de-fakto dengiz chegarasi deb hisoblagan shimoliy demarkatsiya chizig‘idan shimolga tushgan. Hech kim jabrlanmagan.

Shunga qaramasdan, Janubiy Koreya hukumati Yonpxyondo oroli aholisi evakuatsiya qilinishini e’lon qilgan. 

"Biz harbiylardan Shimoliy Koreya provokatsiyasi bilan bog‘liq vaziyat haqida xabar oldik, shundan so‘ng evakuatsiya jarayonini boshladik", deydi mahalliy ma’muriyat vakili.

“Associated Press” Janubiy Koreya rasmiylariga tayanib, Shimoliy Koreya snaryadlarni mashg‘ulotlar doirasida otganini yozdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya ham shunday mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

"Biz Shimoliy Koreya inqirozli vaziyatning o‘sishi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi haqida ogohlantiramiz, biz uni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilamiz", deydi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi matbuot kotibi Li Sung Jung. 

Uning aytishicha, Janubiy Koreya harbiylari AQSH bilan hamkorlikda Shimoliy Koreyaning faoliyatini kuzatib boradi.

Janubiy Koreya harbiylari “hozirgi o‘q otish amaliyoti”ni provokatsiya deb hisoblagan, chunki snaryadlar 2018 yil 19 sentyabrdagi Koreyalararo kelishuv bilan belgilangan bufer zonaga tushgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Seul Shimoliy Koreyani “dushman” deb e’lon qilganini ma’lum qilib, ikki davlatning birlashishi “imkonsiz” ekanini ta’kidlagandi.

Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarda "keskin o'zgarish"ga chaqirgan Kim, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreyaning "urushdagi ikki dushman davlat"ga aylanganiga e'tibor qaratgandi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar