Isroil hujumlari yana 100 kishining umriga zomin bo‘ldi

Oxirgi 24 soat ichida Isroil uyushtirgan hujumlar yana 100 kishining umriga zomin bo‘ldi.

2084254
Isroil hujumlari yana 100 kishining umriga zomin bo‘ldi

Isroil tomonidan G‘azoga qarshi oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlar yana 100 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Isroil kuchlari tomonidan Jibaliya qochqinlar lageriga qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik yana ko‘plab kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Isroil harbiy samolyotlari bilan tanklari G‘azo markazidagi al - Burayj qochqinlar lageriga ham zarba berdi.

Isroil Rafah shahrini nishonga olgan hujumlarini davom ettirmoqda.

G‘azoda hech qanday xalqaro huquqni tan olmagan, insoniyatga qarshi jinoyatlarga qo‘l urgan Isroil armiyasi Xon Yunis shahridagi Amal shifoxonasi atrofidagi hududni kuchli artilleriya orqali o‘qqa tutdi.

Isroil askarlari bilan Xamasning harbiy qanodi Izzaddin al - Qassam brigadalari o‘rtasida Xon Yunis shahrida shiddatli to‘qnashuvlar yuz bermoqda.

Isroil armiyasi tomonidan qariyb 3 oydan beri davom etayotgan hujumlarda G‘azo sektoriga qarshi 65 ming tonna portlovchi modda tashlangani ma’lum qilindi.

G‘azodagi hukumat Isroilning xalqaro miqyosda taqiqlangan 9 ta bomba bilan raketadan foydalangani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

G‘azodagi insoniy holat kundan - kunga yomonlashib bormoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), G‘azoda insonlar jihatidan falokat yuz berishi mumkinligi ustidan ogohlantirdi. UNICEF tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, G‘azoda vaqt torayib borayotgani va ko‘plab bolalar jiddiy ravishda oziq - ovqat tanqisligi jihatidan muammoga duch kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

7 – oktabrdan beri Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida jon bergan falastinliklar soni 22 ming 300 nafardan ham ko‘p ekani qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #falastinlik , #G‘azo , #Xamas , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar