Janubiy Koreyada muxolifat yetakchisi Li Jemyon pichoqlab ketildi

Hujumni sodir qilgan shaxs voqea joyida qo'lga olinar ekan, uning shaxsi va tavsifi haqida batafsil ma'lumot berilmagan.

2083033
Janubiy Koreyada muxolifat yetakchisi Li Jemyon pichoqlab ketildi

 

Janubiy Koreyada muxolifat yetakchisi sifatida tanilgan Li Jemyon bugun, 2 yanvar kuni janubi-sharqdagi Pusan shahriga tashrifi chog‘ida noma’lum shaxs tomonidan pichoqlab ketildi. 

Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea ertalab Li Pusanning Gadeok orolidagi qurilish maydonchasiga tashrif buyurgan vaqtida sodir bo‘lgan.

Ma'lumotga ko‘ra, jinoyatchi o‘zini yetakchining tarafdori sifatida ko‘rsatgan, uning dastxatini olmoqchi ekanligini aytib, unga yaqinlashgan. So‘ng muxolif partiya raisining bo‘yniga pichoq tortib yuborgan.

Li Jemyon yerga yiqilishi bilan uning atrofidagi odamlardan biri ro‘molcha bilan qon ketishini to‘xtatgan. Ayni paytda 59 yoshli “Toburo” partiyasi yetakchisi davolanish uchun yaqin atrofdagi shifoxonaga olib ketilgan.

Hujumni sodir qilgan shaxs voqea joyida qo'lga olinar ekan, uning shaxsi va tavsifi haqida batafsil ma'lumot berilmagan.

Mamlakat prezidenti Yun Suk Yeol muxolifat yetakchisi Li Jemyonning davolanishi uchun barcha choralar ko'rilishini va voqea yuzasidan tergov boshlatilishini buyurdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Li Jemyon , #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar