Ukrainaning Donetskga qarshi uyushtirgan hujumida 3 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Donetskga qarshi uyushtirgan hujumida, kamida 3 kishi halok bo‘lar ekan 7 kishi tan jarohati oldi.

2082663
Ukrainaning Donetskga qarshi uyushtirgan hujumida 3 kishi halok bo‘ldi

Yangi yil kuni kechasi Ukrainaning Donetskga qarshi uyushtirgan hujumida 3 kishi halok bo‘ldi.

TASS axborot agentligining mahalliy manbalarga tayanib bergan xabariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari yangi yilga kirgandan hamon keyin Donetskga qarshi ko‘p stvolli raketa uchiruvchi qurilmalar yordamida hujum uyushtirgan.

Besh yulduzli mehmonxonaga zarba berilgan mazkur hujumda, kamida 3 kishi halok bo‘lar ekan 7 kishi tan jarohati olgan. Halok bo‘lganlardan bir nafari jurnalist ekani aniqlangan.

Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov bir kun avval shaharga Ukraina armiyasi tomonidan uyushtirilgan hujumi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgani va 108 kishi tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 29 - dekabr kuni Rossiya armiyasining Ukrainaga qarshi uyushtirgan raketa hujumi oqibatida 39 kishi halok bo‘lgani va 159 kishi tan jarohati olganini ifoda etgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Belgorod , #Donetsk

Aloqador xabarlar