Abdullohiyon bilan Lavrov oʻzaro munosabat va mintaqaviy masalalarni baholadi

Abdullahiyon rus kasbdoshi Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

2081359
Abdullohiyon bilan Lavrov oʻzaro munosabat va mintaqaviy masalalarni baholadi

Eron Tashqi Ishlar vaziri Husayin Amir Abdullahiyon bilan Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni baholadi.

Eron Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga koʻra, Abdullahiyon rus kasbdoshi Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Muloqat chogʻida ikki tomonlama aloqalar bilan bir qatorda Janubiy Kavkazdagi oxirgi vaziyat bilan ayrim mintaqaviy va xalqaro mavzular qoʻlga olindi.

Abdullahiyon, Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida doimiy tinchlik kelishuviga erishish uchun olib borilgan muzokara jarayonini mamnuniyat bilan qabul qilganliklarini bildirib, Eronning mintaqada tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishini qoʻllab - quvvatlashini bildirdi.

Lavrov esa Eronning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo shartnomasini imzolaganini mamnuniyat bilan qarshi olgani va bu kelishuvning Eron, Rossiya va ittifoqqa a’zo davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun muhim shaxdam qadam ekanini ifoda etdi.

Rossiya Eronning hududiy yaxlitligini «hech qanday shartsiz» hurmat qilishiga e’tibor qaratgan Lavrov, buning Rossiyaning oʻzgarmas munosabati ekanini qayd etdi.

Lavrov, ikkala davlatning «Rasht - Astara» temir yoʻli loyihasi boʻyicha hamkorligiga eʼtibor qaratar ekan nomi tilga olingan loyihani yoʻlga qoʻyish ishlarini tezlashtirish masalasidagi qarorliligini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar