Isroilning G‘azoni nishonga olgan hujumlari davom etmoqda

Joriy yilning 7 - oktabridan beri Isroil tomonidan 22 ta kasalxona bilan 53 ta tibbiy markaz hamda 90 ta maktab bilan universitet foydalanishdan chiqdi. Roppa – rosa 300 nafar tibbiy xodim o‘ldirildi.

2078314
Isroilning G‘azoni nishonga olgan hujumlari davom etmoqda

Isroil hujumlari G‘azo janubidagi Rafah shahrida avj oldi.

Hujumlarda falastinlik kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

Halok bo‘lgan falastinliklar orasida jurnalist Odil Zarab ham bor. Isroil hujumlarida 7 – oktabrdan beri halok bo‘lgan falastinlik jurnalistlar soni 96 nafarga yetdi.

Isroil armiyasi Rafahdan tashqari Nusayrat qochqinlar lageri, Xon Yunus va Dayr - Balah hududlarini ham bombaladi.

Joriy yilning 7 - oktabridan beri Isroil tomonidan 22 ta kasalxona bilan 53 ta tibbiy markaz hamda 90 ta maktab bilan universitet foydalanishdan chiqdi. Roppa – rosa 300 nafar tibbiy xodim o‘ldirildi.

G‘azoda to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Qassam brigadalari, Isroil askarlarini olib ketayotgan mashinani nishonga olgani haqida videolavha bo‘lishdi. Xon Yunus sharqidagi hujumda uyushtirilgan hujumda tankga qarshi boshqariladigan raketalar qo‘llanildi.

Hujum natijasida halok bolgan va yaralangan Isroil askarlari borligi ma’lum qilindi. Isroil G‘azodagi to‘qnashuvlarda yana 2 askarining halok bo‘lganini bildirdi. Bir kunda o‘ldirilgani e’lon qilingan Isroil askarlari soni 7 nafar deb qayd etildi.

Otashkesim kelishuvi esa yana bir bor kun tartibida.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot xizmati kotibi John Kirby, yangi mahbuslar almashuvi haqida bitim imzolash arafasida ekanini ilgari surdi.

Xamas esa G‘azoda Isroil hujumlarini to‘xtatish sharti bilan mahbuslar almashinuviga ochiqligini bildirdi.

Joriy yilning 7 - oktabridan beri Isroil hujumlarida falastinlik 19 ming 453 kishi halok bo‘ldi, 52 ming 286 kishi tan jarohati oldi.

Isroil armiyasi G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar boshlagan 7 - oktabrdan beri 461 nafar askari halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ulardan 129 nafari quruqlik orqali yuritilgan ishg‘ol paytida jon bergan.

Vaqtinchalik otashkesim vaqtida isroillik 81, falastinlik 240 nafar mahbus ozod etilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Xamas , #G‘azo sektori , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar